“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:50
ЎЗO‘Z

Ramazon hayitini hammamiz o‘z xonadonimizda nishonlaymiz

22 мая, 20:50 2 201 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramazon hayitini hammamiz o‘z xonadonimizda nishonlaymiz Yakunlanib borayotgan muborak Ramazon oyi biz uchun xayrli ishlar, savob amallar, ezgu niyatlar uchun qulay fursat bo‘ldi. Qutlug‘ kunlarda xalqimiz saxovatga shoshildi, xususan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar va faollar ham ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishda ibrat ko‘rsatmoqdalar.

Har yili bu shukuhli kunlarni masjidlarda jamoat bo‘lib ibodat qilish, yaqinlarimizdan xabar olish, yurtimizdagi xushmanzara va so‘lim go‘shalarda hordiq chiqarish bilan o‘tkazardik. Bu yilgi Ramazon oyida esa pandemik karantin holati davom etmoqda va mavjud tartib-qoidalarga amal qilish o‘ta zarurdir.

“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida mamlakatimizda 2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Ramazon hayitini bayram qilish, bu vaqt davomida uyida mehmon kutish va mehmonga borish xalqimizda an’anaga aylangan.

Yurtmizda sinovli kunlar boshlangach, har bir fuqaro karantin qoidalariga amal qilish naqadar dolzarbligini his eta oldi. Ramazon hayiti arafasida o‘zingiz va qarindoshlaringiz sog‘ligiga e’tibor berib, uyda qoling! Bayramni o‘z xonadoningizda, oila davrasida, o‘zaro ahillik va hamjihatlik bilan o‘tkazing. Duolaringizda el-yurt salomatligi, yurtimiz farovonligini yodga oling. Sinovli kunlar yakun topishiga oz qoldi!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 242
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 109
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar