“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:50
ЎЗO‘Z

«Chirchiqlik manyak». Jinoyatlarni yashirgan IIB xodimlari javobgarlikka tortildi

22 мая, 09:39 5 133 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Chirchiqlik manyak». Jinoyatlarni yashirgan IIB xodimlari javobgarlikka tortildi Sodir etilgan jinoyatlarni qasddan yashirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashib bo‘lmasligi aniq. Aksincha, bu hol jinoyatchilik badtar oshib ketishiga sabab bo‘ladi. O‘tgan hafta Senatda hisobot bergan mamlakat Bosh prokurorining ma’ruzasida keltirilgan raqamlar buni yana bir karra tasdiqladi.

Aytilishicha, 2019 yilda sodir etilgan jinoyatlarni qayd etmay, qasddan yashirganlik holati bo‘yicha 25 nafar ichki ishlar xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning 21 nafari sud tartibida javobgarlikka tortilgan.

Bedarak yo‘qolgan fuqarolarga oid masala esa judayam og‘riqli. 2019 yilning birinchi yarimida fuqarolarning bedarak yo‘qolganligi fakti bo‘yicha 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, yilning keyingi olti oyida bu miqdor 8 barobarga ko‘payib, 54 tani tashkil etgan. Ularning beshtasi fosh qilingan, achinarlisi, beshalasi ham qotillik jinoyati ekani aniqlangan.

Bosh prokuror o‘z ma’ruzasida bundan ham ayanchli faktlarni keltiradi.

Ya’nikim, 2006 yilda chirchiqlik fuqaro Qamchiqboyeva tanishi Husainovga qarzga bergan 300 AQSH dollarni so‘rab borganida qarzdor tomonidan o‘ldirib yuboriladi. Shundan keyin ayolni qidirib uning ukasi, so‘ng onasi Husainovning oldiga keladi va ular ham qotillik qurboniga aylanadi (keyinchalik qotil har uchala qurbonining jasadini Chirchiq daryosiga tashlab yuborgani aniqlanadi).

Hamma balo shundaki, bir oilaning uch a’zosi yo‘qolgani haqida ularning yaqinlari bergan arizasi Chirchiq shahar IIBda qayd qilinmay, yo‘q qilib yuborilgan! Yaqqol ko‘rinib turgan qotillik yuzasidan 13 yil davomida tekshiruv va qidiruv ishlari sansalorlikka solib kelingani oqibatida Husainov o‘tgan vaqt davomida yana uchta fuqaroning umriga zomin bo‘lishga, shuningdek, voyaga yetmagan bir qizning nomusini toptashga ulguradi.

«Agarda Xusainovning birinchi jinoyati o‘z vaqtida fosh etilganida edi, uch nafar fuqaro qotillik qurboniga, yosh qizcha esa jabrlanuvchiga aylanmagan bo‘lardi», deydi Bosh prokuror.

Qotil sodir etgan jinoyatlari uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar