Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida hovlisida ko‘knor giyohvand moddasini yetishtirgan otaxonga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
2020 yil 14 may kuni o‘tkazilgan «Qoradori—2020» tadbirida mazkur qilmishi oshkor bo‘lgan otaxonning «Bo‘ston» mahallasidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda 14 tup giyohvand o‘simligi yetishtirilayotgani ma’lum bo‘lgan.
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Qashqadaryo IIBning yozishicha, otaxon ko‘knor o‘simligini nima maqsadda yetishtirganiga hozircha oydinlik kiritmagan.