“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:18
ЎЗO‘Z

Rossiyaliklar pandemiya davrida O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta olishga intilgani ma’lum qilindi

16 мая, 08:53 4 670 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyaliklar pandemiya davrida O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta olishga intilgani ma’lum qilindi Foto: Turizm
Rossiyalik turistlar koronavirus pandemiyasi davrida ommaviy ravishda mamlakat hududida O‘zbekiston va Armaniston kabi davlatlarga aviachipta sotib olishga intilgan. Bu haqda OneTwoTrip sayohat servisi ma’lumotlariga asoslanib, «Aviaport.ru» xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra bahor o‘rtalarida rossiyaliklar, asosan, ichki reyslarga so‘rov bergan, ichki turizm doirasida sayohat qilish niyatidagi odamlar aprel oyida 42 foiz, may oyida esa 29 foizni tashkil qilgan. Ularni Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Krasnodar va Kaliningrad shaharlariga sayohat qiziqtirgan. Shuningdek, turistlar xorijga, jumladan, O‘zbekistonga (mos ravishda 41, 36 foiz), Armaniston (42 va 36 foiz), Qirg‘iziston (44, 42 foiz) va Turkiyaga (32 va 38 foiz) borishga qiziqqan. Bundan tashqari, Tojikiston, AQSH, Moldova, Qozog‘iston va Italiyaga sayohatlar ham rossiyaliklarni o‘ziga tortgan.

Qayd etilishicha, aksar hollarda turistlar may oyida parvozni amalga oshirishga harakat qilgan va iyun oyiga buyurtma izlashda ushbu ishtiyoq nisbatan kamaygan.

«Uchib ketish sanalarining qidiruv so‘rovi odamlarning karantinda o‘tirib sayohatlarni sog‘ingani va epidemiologik vaziyat barqarorlashgan hududlarda ta’tilda bo‘lishni istayotganini anglatadi», — deyiladi servis axborot xizmati ma’lumotida.

15 mayda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov rossiyaliklarning koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘ylab avvalgidek erkin sayohat qila olmasligini ta’kidlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar ham shunday xulosaga kelgan.

Rossiya 27 martdan xalqaro aviaparvozlarni vaqtincha to‘xtatgan. Rossiyaliklarni xorijdan mamlakatga qaytarish uchun tashkil qilingan reyslar va hukumat topshirig‘i bilan amalga oshirilgan parvozlarga istisno tariqasida ruxsat berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar