“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:22
ЎЗO‘Z

Toshkentda ham kun davomida avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi

15 мая, 04:43 4 106 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda ham kun davomida avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi Respublika maxsus komissiyasining 14 may kungi qaroriga ko‘ra, 18 maydan boshlab shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

«Yashil» toifadagi hududlarda — Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;

«Sariq» toifadagi hududlarda soat 06.00dan – 22.00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim;

«Qizil» toifadagi hududlarda — avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00dan – 10:00gacha, 17:00dan – 20:00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Surxondaryo va Xorazm viloyatlari qatorida «sariq» hudud (so‘nggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan bemorlar mavjud bo‘lgan hududlar) hisoblanadi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, 8 may kunidan Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari «yashil» hududlar (koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) sifatida tasniflangandi, ammo o‘tgan vaqt davomida Navoiy viloyatida yangi kasallanish holatlari aniqlandi, Farg‘ona viloyati esa 14 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylandi.

Respublikaning boshqa hududlari «qizil» hududlar (so‘nggi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar) sifatida belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar