“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:58
ЎЗO‘Z

Mahkuma ayol jazodan ozod qilindi

14 мая, 21:16 2 951 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahkuma ayol jazodan ozod qilindi Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish odil sudlov oldiga qo‘yilgan eng muhim masalalardan biridir.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasida, ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkinligi, shuningdek, shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazo, ya’ni muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ham ozod qilinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisi A.Ibodov tomonidan 2020 yil 14 may kuni o‘tkazilgan ochiq sud majlisida, muqaddam turli jinoyatlarni sodir etgani uchun, sud hukmi bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan 1 nafar ayol mahkuma hamda moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan 2 nafar mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsiplari qo‘llanib, o‘talmagan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 213
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 104
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 126
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 389
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 106
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar