“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:07
ЎЗO‘Z

Farg‘onada internet-nashr xodimiga hujum qilindi

14 мая, 08:15 2 939 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada internet-nashr xodimiga hujum qilindi Videodan kadr
Noma’lum shaxslar operatorning ko‘ziga gaz sepib, mashinasining oynalarini sindirishgani va uning videokamerasini olib qochib ketishgani aytilmoqda.

13 may kuni soat 19:00ga yaqin EFFECT.UZ sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida jiddiy hujumga uchragan. Bu haqda EFFECT.UZ muxbiri Elyor Tojiboyev tahririyatga video murojaat orqali ma’lum qilgan.

Muxbir Tojiboyevning aytishicha, holat Quva tumani hokimligida fuqaroning murojaati o‘rganilgandan so‘ng sodir bo‘lgan.
View this post on Instagram

Тезкор: Фарғонада EFFECT.UZ ходими жиддий ҳужумга учради Бугун, 13 май куни соат 19:00 ларга яқин EFFECT.UZ сайти ходими Ғиёсбек Эшов Фарғона вилоятининг Қува туманида жиддий ҳужумга учради. Бу ҳақда EFFECT.UZ мухбири Элёр Тожибоев таҳририятга видео мурожаат орқали маълум қилди. Мухбирнинг айтишича, ҳолат Қува тумани ҳокимлигида фуқаронинг мурожаатини ўрганилгандан сўнг содир бўлган. #EFFECTUZ #Quva #Fargʻona

A post shared by Effect.uz (@effectuzb) on


«Quva tumani hokimligidan fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqdik va Farg‘ona shahriga otlandik. Yo‘lda men murojaatchining mashinasiga mindim, operatorimiz G‘iyosbek Eshov esa o‘ziga tegishli «Matiz» mashinasida bizdan oldinlab ketgandi. Birdan operator qo‘ng‘iroq qilib, unga yo‘lda hujum bo‘lganini aytdi. Voqea joyiga yetib borgan chog‘imiz juda ham xunuk manzaraga guvoh bo‘ldik.

Noma’lum kimsalar operatorning ko‘zlariga gaz sepib, mashinasining oynalarini sindirib yuborishgan ekan. Ustiga-ustak, ular tahririyat mulki bo‘lgan operatorning videokamerasini olib qochib ketishgan.

Ammo ular o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarini unutib qoldirishganki, biz ushbu kimsalarni ushbu hujjatlari orqali topishga erishdik va ayni vaqtda Quva tumani tezkor xodimlariga bo‘lgan voqea haqida aytib berdik.

Bilishimizcha, hozirda butun Farg‘ona ushbu hodisa yuzasidan oyoqqa turgan va tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli yordamlarni olmoqdamiz. Ushbu holatdan Respublika miqyosidagi ayrim tashkilotlar ham xabardor bo‘ldi.

Operatorimizni shifoxonaga olib ketishdi, uning ko‘zlari hozirda yaxshi ko‘rmayapti. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Bizga hujum qilgan shaxslar Quva tuman hokimligi tomonidan ham yollangan bo‘lishi mumkin.

Mashinaning oynasini sindirishga, operatorga shunchalik darajada hujum qilishga va tahririyat mulki bo‘lgan videokamerani olib ketishga hech kimning haqqi yo‘q edi. Ammo bilmadik, nega bunday bo‘ldi. Hozirda bizdan IIO xodimlari tushuntirish xatlarini oldi», — degan EFFECT.UZ saytining Farg‘onadagi muxbiri Elyor Tojiboyev.

Ushbu voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov rasmiy munosabat bildirdi.

«EFFECT.UZ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergov oldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi», — dedi Hayot Shamsuddinov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar