“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:15
ЎЗO‘Z

Shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda

14 мая, 07:50 4 397 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 may, chorshanba kuni karantin talablarini yumshatishni davom ettirish choralariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Majlisda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamda hududlar rahbarlarining takliflaridan kelib chiqib, karantin talablarini yanada yumshatish masalalari muhokama qilindi. Xususan, «yashil» va «sariq» hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi belgilandi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, olis hududlarning poytaxt bilan transport aloqasini tiklash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Shu sababli Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga bular bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlanganidan so‘ng Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 30 martdan 20 aprelga qadar shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishiga taqiq qo‘yilgan, ulardan faqat maxsus stikerlar bo‘lgandagina foydalanishga ruxsat berilgan edi. Stikersiz harakatlangan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llanilib, avtotransport vositasi karantin oxirigacha jarima maydonchasida qoldirilayotgan edi. Adliya vazirligi maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.

Ushbu cheklov 30 apreldan boshlab yengillashtirilib, soat 07:00 dan 10:00 gacha va soat 17:00 dan 20:00 gacha barcha turdagi yengil avtomashinalar yo‘lovchilari bilan birga ish joylariga borish, zaruriy dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 67
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar