“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:58
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi hamshira koronavirusga qarshi kurashdan so‘ng

13 мая, 13:42 3 455 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi hamshira koronavirusga qarshi kurashdan so‘ng Foto: SSV matbuot xizmati
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan hamshiralardan biri haqida ma’lumot berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmatsevtika kabi qator sohalarida 300 ming nafardan ziyod o‘rta tibbiyot xodimlari, hamshiralar faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni kunlarda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda 50 ming nafardan ziyod hamshira ishtirok etmoqda.

«Ana shunday fidoyi hamshiralardan biri Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi xodimi Fotima Husanovadir. Ko‘p yillik tajribaga ega hamshira o‘tgan bir oy ichida koronavirusga chalingan 43 nafar bemorning butunlay sog‘ayishiga munosib hissasini qo‘shdi.

Fotimaning yuzida yangidan hosil bo‘lgan chandiqlar ham o‘z kombinezonini yechmasdan, hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, kunni tunga ulab, qilgan mashaqqatli va matonatli mehnatining natijasidir
», — deyiladi xabarda.

«Shunday olijanob kasbni tanlaganimdan faxrlanaman, bu qiyinchilik, sinovlar ortda qolyapti, lekin hamkasblarim bilan qisqa vaqt ichida koronavirusga chalingan o‘nlab bemorlarning sog‘ayishi, ularning o‘zi va oilalarining quvonchiga sabab bo‘lyapmiz. Biz uchun odamlarimizning sog‘lom va xushkayfiyatda yurishidan ortiq baxt yo‘q», — deydi Fotima Husanova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’ektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun 15 million so‘m miqdorida (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

O‘zbekistonda O‘zbekistonda 13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2568 nafarga, infeksiyadan sog‘ayganlar soni esa 2055 kishiga yetdi.
hamshira, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar