“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytish uchun imkoniyat izlamoqda

13 мая, 04:00 3 943 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytish uchun imkoniyat izlamoqda Rossiyaning Samara viloyatida, Qozog‘iston chegarasidan bir necha 10 km masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya politsiyasi ularni Stavropol tumani, Mastryukovo raz’ezdida (murojaatchilar tilida Mashtrikovo) ushlab turibdi. Ya’ni hududni tark etishga ruxsat bermayapti.

Buning sababi sifatida Qozog‘iston tomoni o‘zbekistonliklarni qabul qilmayotgani aytilmoqda.
Kun.uz muxbiri gaplashgan o‘zbekistonlik fuqaroning aytishicha, ular turgan joyda yashash imkoniyati yo‘q, yegulik va ichimlik suvi haddan ortiq qimmat. Arzonroq do‘konlardan borib mahsulot xarid qilish imkoni mavjud emas. Chunki politsiya hududni tark etganlarni karantin chorasini buzgan deb topib, 4 ming rubl jarimaga tortmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videomurojaatda aytilishicha, chegaraga yaqin hududda 200-300 atrofida yengil mashina to‘planib qolgan. Ularning har birida 4 kishidan bo‘lganda ham 800-1200 kishi saqlanmoqda.

Ular ortga qaytish chorasini ham qila olishmayapti, chunki aksariyati Moskvadan kelgan bo‘lib, shaharga qayta kiritilmasligi aniq. Tunab yoki yashab turishga esa boshqa joylari yo‘q.

Murojaatchilarga ko‘ra, ular chegara yopiqligini bilgan holda yo‘lga chiqishgan. Bunga, Moskva shahridagi vaziyat tobora yomonlashib borayotgani sabab bo‘lgan. Ular O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan amaliy yordam berishini so‘rar ekan, O‘zbekistonda tashkil etilgan karantin hududlarida 14 kun qolishga ham roziliklarini izhor qilishmoqda. Shu bilan birga, ularning ta’kidlashicha, ular yollagan transport vositalariga ruxsat berilishi bilan ortiqcha xarajatlarning oldi olingan bo‘lar edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar