“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:24
ЎЗO‘Z

Bir yilda nechta prokuror ishdan haydalgani ma’lum bo‘ldi

11 мая, 23:57 4 170 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir yilda nechta prokuror ishdan haydalgani ma’lum bo‘ldi Bugun bo‘lib o‘tgan Senatning navbatdagi yalpi majlisida hisobot bergan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yilda tizimning necha nafar xodimiga qanday choralar ko‘rilganini ochiqladi.

Unga ko‘ra, davlat rahbarining ko‘rsatmalari asosida prokuraturani chinakam xalq prokuraturasiga aylantirish, faoliyat samaradorligini tubdan oshirish borasida qator choralar ko‘rilgan.

Bunda kadrlar bilan ishlash tizimi tanqidiy ko‘rib chiqilib, halol, sadoqatli va professional xodimlar korpusini shakllantirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga tatbiq etish boshlangan. Buning natijasida korrupsiyaga moyil 100 nafar xodim (shundan 30 nafar rahbar xodimlar) tizimdan chetlatildi. Yana 220 nafari (shundan 119 nafari rahbar xodimlar) egallab turgan vazifasiga noloyiq deb topilgan. Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan 15 nafar prokuratura xodimi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, tizimning 45 foiz xodimlarini yoshlar tashkil etishini inobatga olib, boy berib kelinayotgan «Ustoz-shogird» an’anasi tiklangan. Shu maqsadda turli sabablar bilan ilgari ishdan bo‘shatilgan boy tajribaga ega 40 nafar xodim tizimga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga muvofiq, Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yilning iyun oyida Bosh prokuror lavozimiga tayinlangandi. Ungacha Oliy Majlis Senati raisi sifatida ishlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar