“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:34
ЎЗO‘Z

«Maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darajasiga chiqiladi» – Bosh prokuror

11 мая, 17:12 2 282 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darajasiga chiqiladi» – Bosh prokuror Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Oliy Majlis Senatining 4-yalpi majlisida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi yangi organ haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yangi organ respublika darajasidagi agentlik va uning joylardagi boshqarmalari shaklida tashkil etiladi.

«Mazkur agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi. Unga alohida huquqni muhofaza qiluvchi mustaqil organ maqomi beriladi. Agentlik biron davlat idorasi, parlament, prezident huzurida emas, alohida bo‘ladi. Bu davlat boshqaruv organlari orasida o‘zini-o‘zi tiyib turish mexanizmi va sud mustaqilligi uchun ham kerak, deb o‘ylaymiz.

Agentlik har bir korrupsiya holati sodir etilganda unga yaratilgan sharoitni, korrupsiya xavfini tanqidiy o‘rganadi. Har bir idorada ichki korrupsiyaga qarshi kurashish nazorat tizimi bo‘yicha takliflar agentlikka yuboriladi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan har bir qonunda korrupsiyaviy holat yo‘qligi bo‘yicha o‘tkaziladigan huquqiy ekspertiza vakolati agentlik tizimiga o‘tkaziladi
», deydi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Bosh prokurorga ko‘ra, yangi agentlikka tezkor tekshiruv va tergov vazifalarini yuklatish masalasi ko‘rilmoqda.
«Jinoyat kodeksida ham, boshqa qonun hujjatlarida ham mana bu jinoyat korrupsiya, deb aniq belgilanmagan. Korrupsiya holatlari qaysi holatda korrupsiya, qaysi holatda oddiy qonun buzilishi holati ekani bo‘yicha aniq chegara yo‘q.

Tergov huquqiga ega bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining tergov va tezkor qidiruv faoliyat vakolatlarini bu organga olib berishdan xoli holda, yangi agentlikka ham shu huquqlar beriladi. Faqat ularning jinoyat sub’ektlarini belgilashda aniq chegara qo‘yiladi.

Agentlik tezkor qidiruv ishlarini olib borishda parlament a’zolari, prezident administratsiyasi a’zolari, hukumat a’zolari, respublika darajasidagi xo‘jalik yurituvchi idora rahbarlari, bank rahbarlari, viloyat, Toshkent shahar hokimi va ularning o‘rinbosarlari darajasidagi mansabdor shaxslar ishini o‘rganadi.

Ya’ni agentlik faoliyatida maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganishga chiqiladi. Mansabdor shaxslarning qonun hujjatlariga zid harakatlari o‘rganiladi.
Shuningdek, davlat xaridlari, budjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha jarayonni nazorat qilish, deklaratsiya tizimini joriy etish ishlari agentlik zimmasiga yuklatiladi.

Bularning barchasi prokurorlik nazorati asosida olib boriladi. Chunki amaldagi qonunlarda tergov, tergov oldi tekshiruvi, tezkor qidiruv ishlari ustidan nazorat beovsita prokuratura zimmasiga yuklatilgan. Hech bir idorani kamsitmagan holda, har bir idora ustidan prokuratura qanday nazorat olib borsa, bularning ustidan ham shunday nazorat bo‘lishi belgilangan
», – dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Ma’lum qilinishicha, yangi organ faoliyati bo‘yicha loyiha Prezident administratsiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar