“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar

08 мая, 15:37 2 133 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar Bugun, 8 may kuni, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va tilaklar bildirdilar. Birodar xalqlarning Buyuk G‘alabaga erishishda beqiyos hissa qo‘shgani alohida qayd etildi.

Suhbatda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama savdo munosabatlari jadal rivojlanayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishlab chiqarish kooperatsiyasi kengayib borayotgani, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqotlar, shuningdek, madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya doirasidagi uchrashuvlarni, shu jumladan videoanjumanlar shaklida davom ettirishga kelishib olindi.

Prezidentlar pandemiya bilan bog‘liq ikki mamlakatdagi vaziyatni muhokama qildilar hamda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda aloqador idoralarga yaqin muvofiqlashuv va hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida ko‘p tomonlama qo‘shma tadbir va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston, Belarus, pandemiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar