“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:36
ЎЗO‘Z

Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbir o‘tkazish va faxriylardan xabar olish taqiqlanadi

08 мая, 10:20 3 095 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbir o‘tkazish va faxriylardan xabar olish taqiqlanadi Respublika maxsus komissiyasi ayrim fuqarolar va jamoat tashkilotlari tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarimizni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash va ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan ko‘plab savollari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum kiladi:

Bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9 may kuni bayram tadbirlari o‘tkazishda fuqarolarning jamoat joylarida to‘planishi bo‘yicha qat’iy cheklovlar qo‘llanilayotganligi, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda og‘ir kechishini inobatga olib,

Hududlarda «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’iy nazar, barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish TAQIQLANADI va faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

Ta’kidlash joizki, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko‘p shaxslarning to‘planishi bo‘yicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.
ommaviy tadbir, Xotira, qadrlash




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 139
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar