“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:13
ЎЗO‘Z

Namangan «qizil» hududga kiritildi. Karantin qoidalari hozircha saqlab qolinadi

06 мая, 13:03 2 845 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namangan «qizil» hududga kiritildi. Karantin qoidalari hozircha saqlab qolinadi 5 may kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi.

Namangan viloyati mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “qizil”, ya’ni yuqori xavfli hududga kiritildi. Bu haqda Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bildirilishicha, viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Viloyatdagi koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining aksariyat qismi Namangan shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois shaharda joriy etilgan cheklovlar, jumladan, avtomobillarda maxsus stikerlarsiz faqat ma’lum soatlarda harakatlanish bo‘yicha talablar o‘z kuchida qoladi. Namangan epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi”, - deyilgan xabarda.

Fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilish so‘ralgan.
Bundan oldin, Samarqand “qizil” hududga kiritilgani, viloyatda karantin qoidalari saqlanib qolishi xabar berilgandi.
Namangan, qizil hudud, karantin




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 42
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 39
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 119
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 151
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar