“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:13
ЎЗO‘Z

Samarqandda 25 yoshli fuqaro oshxonadagi seyfni tunadi

06 мая, 10:23 2 442 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda 25 yoshli fuqaro oshxonadagi seyfni tunadi 2020 yil 02 may kuni fuqaro 60 yoshli B.A., Jomboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. U o‘z arizasida 2020 yil 27 aprel kunidan 28 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan oshxonasida hech kim yo‘qligi hamda oshxonaning akfa derazasi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirib, oshxonada turgan temir seyf eshigini buzgani bayon etilgan.

Shuningdek, xona ichidagi 2.830.000 so‘m va 1 AQSH dollari kupyurasidagi jami 65 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullari hamda umumiy bahosi 24.170.000 so‘mlik har xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan. Aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va talon-toroj qilingan narsalarini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi 25 yoshli J.O‘., sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar tilla zanjiri, 1.570.000 so‘m, bir dona 20 AQSH dollari, ikki dona 2 AQSH dollari, olti dona 1 AQSH dollari miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar