“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:22
ЎЗO‘Z

«Hech narsadan xavotirlanayotganim yo‘q. Bir boshga bir o‘lim» - Yulduz Usmonova

05 мая, 22:02 10 542 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Hech narsadan xavotirlanayotganim yo‘q. Bir boshga bir o‘lim» - Yulduz Usmonova Foto: Instagram/@yulduzusmonovaibragimovna
Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudida 5 may, seshanba kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi. Keyinroq sud ishi boshqa vaqtga qoldirilgani haqida aytildi.

O‘zAning yozishicha, Yulduz Usmonova sud majlisiga kelmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonova Instagram sahifasida jonli efirga chiqib, sirdaryoliklar uchun odamlardan yig‘ilgan xayriyani topshirish uchun o‘zi bora olmasligi, sababi tergov tugagunicha shaharda bo‘lib turishi kerakligini aytgani aks etgan video tarqaldi. Xonanda, shuningdek, tergov natijasida adolat yuzaga chiqishidan umid qilayotganini bildirdi.

«Ozgina xuliganlik qilingan, lekin bunga sabab bo‘ladigan odamlar ham bor, ishni boshlab qo‘yib yordam bermaganlar, chaqirganda va’da qilib qochib ketganlar. Tergovda hammasi aniqlanadi. Ko‘nglingizni to‘q qiling, mana shu tergov tugaganida qanchalik adolat borligini hammamiz ko‘ramiz. Ota-onalar xafa bo‘lmasin, yaxshi xodimlarning ota-onasi ham bor. Forma kiyishning javobgarligi katta. Forma — vatan mudofaasi, vatanni qo‘riqlash, biz tinch uxlaymiz bular bizni qo‘riqlagan paytda. Lekin ularni bizga kerakli vaqtda topa olmasak? Men savollarga javob topiladi, haqiqat yuzaga chiqadi, degan umiddaman. Bir boshga bir o‘lim. Men hech qachon biror narsadan xavotir olmaganman. Nima bo‘lsa, Allohdan», — deydi Yulduz Usmonova.

Eslatib o‘tamiz, 4 may, dushanba kuni, ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lib, ularni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi.

Xonandaning Instagram sahifasidagi jonli efirdan yozib olingan ushbu videoda Yulduz Usmonova tomonidan militsiya va YHXB xodimlari sha’niga turli haqoratli so‘zlar yog‘dirilgan. O‘zbekiston xalq artistining ushbu qilmishi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng Yulduz Usmonovaning yana bir videomurojaati paydo bo‘ldi. Videoda xonanda ulug‘ ayyom kunlarida ichki ishlar xodimlaridan dilini og‘ritgani uchun kechirim so‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 796
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar