“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

Kirish imtihonlari muddati o‘zgartirilayotgani yo‘q

02 мая, 14:00 2 360 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kirish imtihonlari muddati o‘zgartirilayotgani yo‘q 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatlari o‘zgartirilgani yo‘q. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Va hozir Davlat test markazi shu muddatda barcha tayyorgarlik ishlarini tugatish uchun harakat qilmoqda.

Bugun, 2 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori Majid Karimov tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatida o‘zgarish bo‘lish ehtimoli yo‘qligi, qabul esa onlayn tizim ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berildi.

«2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatlari o‘zgartirilgani yo‘q. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Va hozir Davlat test markazi shu muddatda barcha tayyorgarlik ishlarini tugatish uchun harakat qilmoqda», - deya ta’kidladi Davlat test markazi direktori.

Majid Karimovning ta’kidlashicha, agar kirish imtihonlari o‘tkazilish muddatlarida o‘zgarish bo‘lsa, abituriyentlar xabardor qilinadi.

«Qabul jarayonlari uchun asosiy javobgar tashkilotlar: Davlat xizmatlari markazlari va Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali hisoblanadi, mana shu tashkilotlar orqali, bundan tashqari, joriy yildan boshlab Davlat test markazi orqali ham onlayn hujjat topshirish mumkin», - dedi Majid Karimov.

Majid Karimovga ko‘ra, DTM tomonidan joriy yil qabuli uchun hujjatlar aksar holatlarda onlayn qabul qilishni rejalashtirilmoqda. Abituriyentlar Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali yoki DTM sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlar onlayn platforma orqali hujjat topshirish jarayonida 3 ta tildan birini: o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini tanlash imkoniga ham ega bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar