“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

56 kishi shifoxonaga yotqizilgan — Sardobadagi toshqin bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

02 мая, 08:05 3 674 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
56 kishi shifoxonaga yotqizilgan — Sardobadagi toshqin bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1 may kuni Sardoba suv omboridagi avariya natijasida ro‘y bergan toshqin jabrlanuvchilari va evakuatsiya qilinganlar soni haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 56 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 17300 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22ta aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlariga evakuatsiya qilingan.
«Bundan tashqari, ehtiyot chorasi sifatida yana 3 ming kishiga mo‘ljallangan zaxira o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Evakuatsiya qilingan insonlarga zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ular issiq ovqat, dori-darmon va dam olishlari uchun joy bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga, hozirgi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, barcha tadbirlar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.
Parallel ravishda evakuatsiya qilinganlarning ro‘yxatini tuzish ishlari ham davom etmoqda
», – dedi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida Sardoba tumanining Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi punktlarida bino-inshootlar va ekin maydonlariga jiddiy zarar yetgan.

Dambaning 6-piketi buzilib, suv toshib chiqa boshlashi 1 may kuni tonggi soat 05:55dan boshlangani xabar qilingan edi. Ombordan suv chiqishi soat taxminan 17:00ga kelib to‘xtagan.

«Shundan so‘ng favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlarning keyingi bosqichiga o‘tildi. Ayni paytda omborning suv toshqini ro‘y bergan qismini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish choralari O‘zbekiston prezidentining shaxsan nazoratiga olingan. Davlat rahbari topshirig‘i bilan, ushbu favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
», – dedi Murod Sodiqov.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Mazkur tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi jami 3821 nafar shaxsiy tarkib, 400dan ortiq texnika jalb etilgan.

FVV rasmiysi vazirlik qoshida mazkur favqulodda holat uchun kuchaytirilgan rejimda ishlayotgan 1205 va 1250 koll-markazlari tashkil etilganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq suv Oqoltin tumanidan oqib o‘tuvchi Abay kanaliga yo‘naltirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga oqizilayotgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, voqea joyiga prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan vertolyotda yetib borgan edi. Davlat rahbari aholi vakillari bilan muloqot qilib, vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sirdaryoga bosh vazir Abdulla Aripov, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va boshqa hukumat a’zolari yetib borishgan. «Sharoit yaxshi bo‘lmagunicha, birorta rahbar, men boshchiligimda, hech qayoqqa ketmaydi», degan prezident.

«O‘zbekiston 24» xabariga ko‘ra, mutaxassislar to‘g‘on buzilishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lganini aytmoqda.
Respublikaning qator hududlaridan Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak ortilgan karvonlar yo‘l olgan. Samarqanddan tosh va shag‘al ham tashila boshlandi.

Sirdaryo tumani aholisi sardobaliklarni o‘z uylariga qabul qilmoqda. Jizzax viloyat IIB xodimlari 300dan ortiq sardobalikka o‘z uylaridan joy berishdi.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv ombori qurilishi 2010 yilda boshlanib, 2017 yilda tugallangan. Gidroinshootda 922 million kub metr suv to‘planadi. Bu Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi unumdor yerlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkonini beradi.
Sardoba suv ombori, Oqoltin, Mirzaobod




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar