“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:52
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: Sharoit yaxshi bo‘lmagunicha, birorta rahbar, men boshchiligimda, hech qayoqqa ketmaydi

01 мая, 20:30 3 739 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: Sharoit yaxshi bo‘lmagunicha, birorta rahbar, men boshchiligimda, hech qayoqqa ketmaydi Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida yuz bergan avariyadan so‘ng Sirdaryo viloyatiga borib, Oqoltin tumanida aholi vakillari bilan uchrashdi.

Yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamol bo‘lgani sababli 1 may kuni ertalab Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilishi oqibatida suv oqimi aholi punktlari, kommunikatsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta zarar yetdi.

Davlat rahbari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Hukumat komissiyasi tashkil etilib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Prezident Oqoltin tumanida aholi bilan uchrashib, ofatdan jabrlangan har bir inson alohida e’tiborga olinishi, hamma uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanishini ta’kidladi.

«Bu hech kim kutmagan sinov. Birinchi harakatimiz odamlarni ehtiyot joylarga ko‘chirish bo‘ldi. Eng katta masala – o‘lim bo‘lmasligi. Oqsoqollar, mahalla raislari va nozirlaridan iltimos qilaman: odamlarni yig‘ib, uylarga, palatkalarga joylashtirib, oziq-ovqat bilan ta’minlab, mahallama-mahalla saranjom qilib olishimiz kerak. Buning uchun hamma kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Sharoit yaxshi bo‘lmaguncha birorta rahbar ketmaydi. Sabr qilib, og‘irlikni yelkamizga olib, chidashimiz kerak. Bironta xonadon, bironta odam e’tiborsiz qolmaydi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tezkor chora-tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari va boshqa xizmatlar mutaxassislari safarbar etildi. Suv ombori yaqinidagi mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Jumladan, tumanlarda tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, korxona va xonadonlarga joylashtirildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari aholini evakuatsiya qilish va tegishli xo‘jalik ob’ektlarini jihozlash uchun safarbar qilindi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududiy boshqarmalari evakuatsiyaga ko‘maklashish, tartibni saqlash ishlariga jalb etildi.

Prezident Sardoba suv ombori to‘g‘oni ochilgan joyga borib, uni ko‘zdan kechirdi. Hukumat komissiyasi va mutaxassislar bilan muhokama qilgan holda suv oqimini to‘xtatish uchun zarur kuch va vositalar jalb qilindi.

Hozirda to‘g‘ondan suv chiqishi to‘xtagan. Toshgan suv oqimi Oqoltin tumanidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

Prezident vaziyatni shaxsiy nazoratga olgan.
Davlat rahbari Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
suv ombori, Sardoba, Oqoltin tumani




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar