“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

Rasul Kusherbayev: «Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi»

30 apr, 13:30 5 578 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasul Kusherbayev: «Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi» Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Bunyodkor» mahallasida 7 gektardan ortiqroq maydonda qad rostlagan 47ta xonadon buzilishga tushgani, 28 aprel kuni uylarning bir qismi yaroqsiz holga keltirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bu gal fuqarolarga qonuniy berilgan yerlarni noqonuniyga chiqarib, sud qarorisiz o‘zboshimcha buzib tashlash holati.
Sud ham, jazolovchi ham, ijrochi buzuvchi ham bitta. Qonunlarning ahvolini ko‘r.

Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi.
Ammo bir gap: men bilgan davlat lafzini buzmaydi, faqat yaxshi ko‘rinaman, orden olaman deb, odamlar manfaatidan ko‘z yumadiganlar buzadi.

Alamlisi, fuqarolar niqobsiz yurgani yoki bir IIB xodimining hujjatingni ko‘rsat, degan talabini bajarmagani uchun, kerak bo‘lsa qamalayapti, lekin fuqaro peshona teri bilan qurgan bino zo‘rlik bilan, sudsiz buzilsa ham, shunday yondoshuv bo‘lish o‘rniga, yo‘q joydan yana fuqaro aybdor bo‘lib chiqayapti: qonunbuzar, o‘zboshimcha, dangasa... Mana bu haqiqiy adolatsizlik.

Qoyil, biz mana shunday jamiyatda yashayapmiz va unda mas’ullarimiz inson huquqlarini barcha narsadan ustun qo‘yishadi!
Xullas, oddiy fuqarolarga xos mardlik va xolislik yetishmayapti mas’ullarimizda», deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Shuningdek, u qo‘shimcha qiladi: «Xalqni chalg‘itayapti, asossiz populistlik qilayapti, bundan uning shaxsiy manfaati bor, degan gaplar chiqib qolsa rozi bo‘linglar! Rostanam shaxsiy manfaatim bor – o‘tkinchi hayotda ozgina bo‘lsa ham odamlar ishonchini oqlash» – deydi deputat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar