“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:52
ЎЗO‘Z

To‘qqizinchi o‘lim: 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor vafot etdi

29 apr, 23:44 3 315 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘qqizinchi o‘lim: 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor vafot etdi 1959 yilda tug‘ilgan poytaxtlik G. shu yilning 15 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan. O‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda «Covid-19» koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Shundan so‘ng, unga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga og‘ir holatda o‘tkazilgan.

Bemorda bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar bo‘lganligi sababli davolanish og‘ir kechib, 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. Bundan avval, ya’ni 2-fevralida u ilk bor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan va davolanib chiqqan.

61 yoshli ushbu bemor davolanish davomida kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 0
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar