“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:31
ЎЗO‘Z

Prezident Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi va olotliklar bilan uchrashdi

28 apr, 20:45 4 721 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Buxoroda tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirdi va olotliklar bilan uchrashdi «27 aprel kuni respublikamizga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelgan, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida sekundiga 9-40 metrgacha tezlikda shamol esgan edi. Oqibatda bir necha fuqaro jarohatlanib, bir kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, uy-joylar, avtotransport vositalari, infratuzilma ob’ektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.






Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat rahbari kechagi kuchli shamol kutilmagan va ilgari kuzatilmagan tabiiy ofat bo‘lganini, odamlar turmushi, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga salbiy ta’sir qilganini afsus bilan qayd etdi.

«Xalqimiz hamjihat bo‘lib, bunday sinovlarni ko‘p yengib o‘tgan. Bu safar ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tushirmay, birgalikda kurashsak, bu qiyinchiliklardan kuchli bo‘lib chiqamiz», deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Turar joylar va infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.
Buxoro, tabiiy ofat, Shavkat Mirziyoyev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 87
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 85
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 30
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar