“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 01:47
ЎЗO‘Z

Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

28 apr, 10:56 4 284 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi 2020 yil 27 aprel kuni soat 20:00 dan 28 aprelgacha soat 00:30 ga qadar Turkmaniston Respublikasi hududidan kuchli shamol kirib kelib, respublikaning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda shamol esishi kuzatilgan.

FVV xabariga ko‘ra, natijada bir necha fuqaro jabrlanib, ulardan bir nafari halok bo‘ldi. Shuningdek, hududlardagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi yashash xonadonlari va avtotransport vositalariga zarar yetgan.

Yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan bo‘lib, 1 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Yengil va og‘ir tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklarida shtablar tashkil etilib, favqulodda vaziyatlarni baholash komissiyalari keltirilgan zararlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Amaliy tadbirlarga FVBlardan jami 704 nafar shaxsiy tarkib, 127 ta avtotransport vositasi, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi IIB, SSB, kommunal va boshqa tegishli xizmatlardan mas’ul xodimlarni jalb etgan holda talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda, deyiladi ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Bo‘limlar