“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:22
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni: Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha

27 apr, 21:10 3 350 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni: Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)
“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

Farmonda belgilanishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yo‘qotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida:

2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktabrga qadar:

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi bo‘linmalariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan:

Hujjatga muvofiq shunday tartib o‘rnatiladiki, 2020 yilda xodimga to‘lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi.

Farmon bilan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning 2020 yil 20 aprel holatiga qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Belgilanishicha, 2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5978-son Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati 2020 yil 31 dekabrgacha uzaytirilishi belgilandi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan va kelgusida to‘lanadigan soliq summalarini to‘lash bo‘yicha muddatni mustaqil ravishda, biroq ikki yildan oshirmasdan belgilash huquqiga ega.
ijtimoiy himoya, Prezident farmoni




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 0
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar