“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:12
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda tarvuz pishishiga 10 kun qoldi

27 apr, 08:06 3 935 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda tarvuz pishishiga 10 kun qoldi Bugun Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida poliz mahsulotlaridan tarvuz yetishtirishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan. Bu ayniqsa tumanning Ko‘kdala hududida keng quloch yoygan bo‘lib, hududning mirishkor dehqonlari tarvuz parvarishlashning intensiv usullarini qo‘llash, serhosil navlarni yetishtirishda ilg‘orlik namoyon etishmoqda .

Joriy yilda ham tuman buyicha 14 ming gektar yerga tarvuzning ertachi, o‘rta va kechki navlari ekilishi mo‘ljallangan.

— Shu yil ham 5 gektar yerga tarvuz ekkanmiz deydi, — tumandagi «Rajab ota» fermer xo‘jaligi rahbari Ulug‘bek Jumanazarov. — Biz urug‘ni yerga qadaganda qor bor edi. O‘ziga xos mehnati ham bo‘ldi. Gektaridan 20 tonnagacha xosil olish niyatidamiz. Mahsulotlarimiz butun mamlakatimiz bo‘ylab tarqaladi, eldan ortganini birinchilardan bo‘lib, Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilamiz.

Ma’lumot uchun, bu yil Chiroqchi tumanida 385 ta fermer xo‘jaliklari va 591 ta tomorqa egalari tarvuz yetishtirishga bel bog‘lashgan.
E’tiborlisi, 5 030 gektar yerga ekilgan ertapishar tarvuzning dastlabki xosili may oyining birinchi o‘n kunligida pishib yetiladi.

Mazkur yo‘nalishda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Hududda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlarini eksportga jo‘natishda eksportyorlarga doimiy ravishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bojxona rasmiylashtiruvlarining soddalashtirilgan tartibda «yashil yo‘lak» orqali amalga oshirilishi, tadbirkorlarning qimmatli vaqtini va mablag‘ini tejashga, mahsulotlarni sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda.
tarvuz, Qashqadaryo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar