“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:59
ЎЗO‘Z

COVID-19 inqirozidan keyin ta’lim tizimini nimalar kutmoqda?

27 apr, 00:03 3 340 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
COVID-19 inqirozidan keyin ta’lim tizimini nimalar kutmoqda? Bugun, 26 aprel kuni Rossiyada Hukumat tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Moskva xalqaro ta’lim saloniga start berildi. Tadbirda pandemiya sharoitida ta’lim tizimini tahlil qilish, kelajakda ta’lim tizimini kutayotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ko‘magida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ilk marotaba mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda.

COVID-19 inqirozidan ta’lim tizimi qanday chiqadi? Moskva xalqaro ta’lim salonida bo‘lib o‘tadigan muhokamalar markazida mana shu savol turadi. Xalqaro tadbir shu yilning 26-29 aprel kunlari onlayn formatda o‘tkazilib, unda dunyoning turli burchaklaridan 1000 nafardan ortiq ekspert va spikerlar ishtirokida 200 ta turli formatdagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Salon ikkita yangi formatda o‘tkazilmoqda. “MXTS-strim” formatida turli mutaxassislar, ta’lim tizimi vakillari, davlat va biznes mas’ullari spiker sifatida qatnashib, ta’lim tizimining dolzarb masalalarini onlayn formatda muhokama qilishadi.

“Ta’lim sohasining interaktiv xaritasi” virtual ko‘rgazmasida esa mehmonlar uydan chiqmasdan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda virtual ekspozitsiyadagi kompaniyalar stendlari, mahsulot va xizmatlari va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xalqaro tadbir ishtirokchilaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti so‘nggi yillarda Rossiyaning yetakchi OTMlari bilan, xususan, MSU Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Qozon federal universiteti, Ural federal universiteti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda ta’limni raqamlashtirish, onlayn ta’lim va elektron kontentni rivojlantirish, Moodle ta’lim tizimini boshqarish yo‘lida turgan respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari uchun tajriba o‘rganish, xorijiy hamkasblar bilan fikr almashish juda muhimdir.
ta’lim tizimi, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 67
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar