“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:23
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600 nafarga yaqinlashmoqda

24 apr, 12:46 2 503 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600 nafarga yaqinlashmoqda Qashqadaryo viloyatida yana ikki kishi, Farg‘ona viloyatida 19 kishi koronavirusdan tuzaldi. Endilikda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga chalinganlarning navbatdagi guruhi sog‘aygani haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 4 nafarga yetdi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 9 nafari Turkiyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Bemorlardan 11 nafari Farg‘onadan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqanddan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Eng yoshi kattasi 61 yoshda.
Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 30 nafarga yetdi.

24 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar soni 1778taga yetgan. Shu vaqtgacha bemorlarning 7 nafari vafot etdi, kasallikdan sog‘ayganlar soni 582 nafarga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar