“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda ob-havo keskin o‘zgardi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?

24 apr, 13:40 4 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda ob-havo keskin o‘zgardi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladimi? Shu kunlarda OAVda yaqin ikki kun ichida Qozog‘iston da ob-havoning keskin o‘zgarishi to‘g‘risida xabar tarqaldi. Qozog‘iston bizning eng yaqin qo‘shnimiz, shuning uchun mamlakatimiz aholisini Qozog‘iston dagi ob-havo jarayonlari bizning hududimizga ham ta’sir qiladimi degan savol qiziqtirmoqda.

Darhaqiqat, bugun va ertaga Qozog‘istonning g‘arbiy hududlari Rossiyaning Yevropa rayonlaridan kirgan juda faol atmosfera fronti ta’sirida bo‘ladi.

Sovuq front o‘tishi natijasida Qozog‘iston gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari mamlakatning g‘arbiy tumanlarida yomg‘ir va qor qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar, kuchli shamol (23-28 m/s gacha) va haroratning sovub ketishini prognoz qilmoqdalar.

Qozog‘istondan o‘tayotgan oqim juda kuchsiz ko‘rinishda O‘zbekistonning faqat shimoli-g‘arbiy hududlariga ta’sir qiladi. 23 aprelda Qoraqalpog‘iston hududida, 24 aprelda esa Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi, harorat kechasi 7-12, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi.

24 aprel kechga borib Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamolning tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetadi, 25 aprelda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va O‘zbekistonning janubiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 25 aprelda kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

Biroq bu jarayon Qozog‘iston bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq emas, bu Turkmaniston hududidan kirayotgan nam havo oqimi natijasidir.
Sinoptiklar yaqin kunlarda ob-havoning keskin o‘zgarishlari kutilmayotganini ma’lum qildilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar