“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:44
ЎЗO‘Z

«O‘zbekistonda virusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi jahonnikidan yaxshiroq» – Otabekov

23 apr, 18:38 2 582 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekistonda virusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi jahonnikidan yaxshiroq» – Otabekov O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi 26,3 foizni tashkil qilmoqda va bu jahondagi ko‘rsatkichdan yaxshiroq hisoblanadi. Bu haqda davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda virusni davolash uchun jahon tajribasida mavjud eng ilg‘or usullar qo‘llanmoqda. Jahondagi 24 foiz sog‘ayish ko‘rsatkichi bilan solishtirganda bizdagi 26,3 foiz tuzalish ko‘rsatkich ijobiy», deydi Nurmat Otabekov.

U O‘zbekistonda virus aniqlangan kundan beri 200 mingdan oshiq kishi testdan o‘tkazilgani, kuniga o‘rtacha 10 mingdan ortiq test tahlillari o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, brifingda O‘zbekistonda laborator sharoitda virusga qarshi antitanalar o‘rganilmayotgani aytildi.
«Virusga qarshi antitanalar faqatgina kasallikni boshdan o‘tkazgan odamda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi. Bizda kasallikni boshdan kechirganlar soni hali kam, shuning uchun respublikada antitanani aniqlash uchun laborator tekshiruvlar o‘tkazilmayapti», deya ta’kidladi Nurmat Otabekov.

23 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 1716ta holat qayd etilgan, bemorlarning 7 nafari vafot etgan, 455 kishi tuzalgan.
Dunyoda esa kasallanish holatlari soni 2 mln 657 mingga yaqinlashgan, 185 mingdan ortiq kishi vafot etgan, 730 mingga yaqin kishi sog‘aygan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 94
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 51
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 140
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar