“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori ma’lum bo‘ldi

23 apr, 16:43 9 920 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori ma’lum bo‘ldi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqda idora rasmiy saytida xabar berilgan.

Ma’lumki, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kishi tomonidan miskinlarga berilishi vojib bo‘lgan sadaqa bo‘lib, uni hozirgi sharoitdan kelib chiqib, Ramazon oyi davomida berish maqsadga muvofiqdir.

«Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi. Ular: bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg. bug‘doy o‘rtacha to‘rt ming so‘m, 1 kg. arpa o‘rtacha uch ming so‘m, 1 kg. mayiz o‘rtacha o‘ttiz besh ming so‘m va 1 kg. xurmo o‘rtacha o‘ttiz ming so‘m ekani ma’lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, 2020 yil (1441 h.) uchun FITR sadaqasining miqdori:
≈ 2 kilogramm bug‘doy 8 000 (sakkiz ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmish ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m deb belgilansin.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.
Bu yilgi FIDYA miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati 20 000 (yigirma ming) so‘m, deb belgilansin
», deyiladi xabarda.

Eslatma: Mazkur fitr sadaqasining qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 104
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 58
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 148
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar