“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi

22 apr, 16:56 2 991 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi 2020 yil 1 sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 aprel kuni imzolangan «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 sentabrdan quyidagi yangiliklar joriy etiladi:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining muayyan hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tegishincha ushbu hududning boshqa manzilida istiqomat qilsa, turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart emas va u pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi;

– doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshiriladi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi;

– tug‘ilgan bolaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan uni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi joriy qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar