“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

Fuqarolarga qarindoshlarini o‘z nomida bo‘lgan turarjoyga ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi

22 apr, 15:07 3 011 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolarga qarindoshlarini o‘z nomida bo‘lgan turarjoyga ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi Fuqarolarga birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini o‘zi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lgan manzil bilan bir qatorda egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish imkoniyatini yaratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 aprel kuni imzolangan «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tiladi.

Shuningdek, «doimiy propiska qilish» va «turgan joyi bo‘yicha hisobga olish» tushunchalarini «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» va «vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchalariga o‘zgartirilmoqda.

Bundan tashqari, tegishli lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolarga hamda respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar uchun lavozimni egallab turish davriga beriladigan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish huquqiga cheklov olib tashlanmoqda.

Farmon bilan respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarni sotib olib, uch yil ichida sotgan holatlarda davlat bojining alohida stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar