“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda foydalanilmayotgan yerlar aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun berilishi kutilmoqda

20 apr, 19:06 2 819 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda foydalanilmayotgan yerlar aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun berilishi kutilmoqda O‘zbekistonda foydalanilmayotgan va yerosti suvlari mavjud bo‘lgan yer maydonlari foydalanishga kiritilib, aholiga imtiyozli lizing shartlari asosida berilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, mazkur yer maydonlari meva, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarini ekish, issiqxonalar barpo etish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan ajratiladi.

Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad hozirgi global inqiroz va koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash va eksportni amalga oshirish hisoblanadi.

Foydalanilmayotgan va yerosti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yer maydonlarini o‘zlashtirish uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Uzum yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga birinchi bosqichda 300 milliard so‘m ajratiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zlashtirilgan yer maydonlarida meva, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarini ekish, issiqxonalar barpo etish quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:

Yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlariga bo‘lgan ijara huquqi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan aniq oziq-ovqat turini yetishtirish sharti bilan 5—10 yilga sotiladi. Bunda ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lar yangi yer maydonlarining foydalanishga kiritish uchun sarflanadi. Ushbu qaror loyihasi muhokamasi 3 mayga qadar davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 22
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar