“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:08
ЎЗO‘Z

Yangiyo‘lda tunda qurol ko‘tarib yurgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi

20 apr, 16:00 2 145 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangiyo‘lda tunda qurol ko‘tarib yurgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi Videodan kadr
Yangiyo‘l shahrida tungi vaqtda sport pnevmatik miltiqlari bilan yurgan uch nafar huquqbuzarga sud qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Miltiqlari esa yo‘q qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar joriy yilning 15 aprel kuni tunda qo‘lida qurol bilan daydi itlar otib yurgani haqidagi videolavha tarqalgandi.

Toshkent viloyati IIBB JQB va Yangiyo‘l shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida bu ish Yangiyo‘l shahri Navro‘z dahasida yashovchi 44, 39 va 38 yoshlardagi uch erkak tomonidan sodir etilgani aniqlangandi.

Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur huquqbuzarlik ishi Yangiyo‘l shahar ma’muriy sudida ko‘rib chiqilgan. Sudning 18 apreldagi qarori bilan har uch fuqaro Jinoyat kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik harakatlarini sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularga 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, huquqbuzarlardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘lik xarajatlar uchun sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizini (33 450 so‘m) undirish belgilangan.

Ashyoviy dalil sifatida olingan ikki dona «HATSAN STRIKER» nomli sport pnevmatik miltiqlari yo‘q qilinishi belgilangan.

Oliy sud matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, shu yilning 1-20 aprel kunlarida mamlakat ma’muriy sudlari tomonidan jami 918 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi 641ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 421 nafar shaxsga nisbatan jami 246 432 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan. 486 nafar shaxsga nisbatan esa turli muddatlardagi ma’muriy qamoq jazolari qo‘llangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 3
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar