“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Shaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq holatlarga qo‘shimcha izohlar berildi

19 apr, 23:33 2 872 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq holatlarga qo‘shimcha izohlar berildi Avval xabar berganimizdek, 19 aprel, yakshanba kuni, AOKA shtabida ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan tegishli izoh va javoblar berildi.

Jumladan, matbuot kotibi tibbiyot muassasasiga borish bilan bog‘liq berilgan savollarga javob qaytarar ekan, surunkali kasalligi bor bemorlar stikersiz shaxsiy avtomobil yoki boshqa transportda harakatlanganda shifokorning yo‘llanmasi yoki ma’lumotnomasi bo‘lishi lozimligini aytdi. Huquq-tartibot xodimlari so‘raganda aynan ushbu hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Shuningdek, brifingda «Onam shahar onkologiya shifoxonasida aprel oyi boshida operatsiya bo‘ldilar. Shifokor, deyarli, har 2-3 kunda dori yozib beradi. Ularni olib kelish uchun 8 km masofani piyoda bosib o‘tyapman. Shu dorilarni olib borishim uchun shaxsiy transportdan foydalansam bo‘ladimi?», — deya yo‘llangan savolga Shohrux G‘iyosov quyidagicha javob bergan:

«Haqiqatan ham onangiz tibbiyot maskanida davolanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan dori-darmonlar uchun yo‘llanma (retsept) mavjud bo‘lgan taqdirda siz shaxsiy avtotransportingizdan foydalanishingiz mumkin».

Kasallik haqidagi tibbiyot xodimining tegishli ma’lumotnomasi va dori-darmon olish uchun yo‘llanmasi asosida fuqarolarning o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarida tibbiyot muassasalariga borib kelishlariga yo‘l qo‘yilishi qo‘shimcha qilindi.

Ta’kidlash kerakki, AOKAda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ham shunga o‘xshash savol kelib tushgandi.

Unda o‘rnatilgan tartibga binoan, fuqarolar favqulodda holatlar, jumladan, homilador ayollarni shifoxonaga yetkazish uchun shaxsiy avtomobilidan foydalanishi mumkinligi, bu haqda YPX xodimlari ham xabardor qilingani aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Malayziya bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi 18 мая, 11:12 11
  • O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda 18 мая, 00:24 173
  • O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda? 17 мая, 21:33 430
  • Malayziya bilan hamkorlikda «Umra plyus» loyihasi ishga tushiriladi 17 мая, 19:43 142
  • Advokat kelmagani uchun “Dok-1 Maks” sudi majburiy tanaffus e’lon qildi 17 мая, 19:19 103
  • Malayziya bosh vaziri tantanali ravishda kutib olindi 17 мая, 18:30 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Malayziya bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi 18 мая, 11:12 9
  • Putin: Rossiya va Xitoy yangi gaz quvurini quradi 18 мая, 10:25 64
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 53
  • Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi 18 мая, 09:26 48
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 61
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 98
  • Yevropa hududida Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» nashrlari taqiqlandi 18 мая, 07:43 33
  • Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish 18 мая, 07:19 156
  • Turkiya chempionati. Turg‘unboyev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 18 мая, 07:00 144
  • Berlindagi Apple do‘koniga qizil bo‘yoq sepib ketishdi 18 мая, 06:42 67
  • AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saudiya Arabistoni va Isroilga boradi 18 мая, 06:00 29
  • Ukraina raketalari Qrimda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qildi 18 мая, 00:41 373
  • Bo‘limlar