“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:40
ЎЗO‘Z

Prezident pandemiyaga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

17 apr, 21:56 2 175 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident pandemiyaga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Joriy yilda xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan yo‘naltirilgan 2,7 milliard dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Ularning asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yig‘ilishda xalqaro moliya institutlari pandemiya bilan kurash uchun sog‘liqni saqlash sohasiga ajratayotgan 277 million dollar miqdoridagi mablag‘larni tez fursatlarda va samarali o‘zlashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Islom taraqqiyot banki bilan kelishib, Toshkent viloyati Zangiota tumanida qurilayotgan shifoxona va Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin hududini zamonaviy tibbiy texnikalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga birlamchi va tibbiy yordam loyihalari doirasida Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining 30 million dollar mablag‘i evaziga o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat va boshqa uskunalar sotib olish vazifasi qo‘yildi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Jahon bankidan qo‘shimcha mablag‘lar jalb etib, tibbiy va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Pandemiya sharoitida tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 700 million dollar jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston rahbari bu mablag‘larni, birinchi navbatda, meva-sabzavotchilik, oziq-ovqat sanoati va eksportni rag‘batlantirishga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan infratuzilma va kommunal xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ravishda 3,6 trillion so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilishda shu masalaga ham alohida e’tibor qaratilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun donor tashkilotlar bilan qo‘shimcha grant kelishuvlari imzolash muhimligi qayd etildi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilishni jadallashtirish va o‘z vaqtida o‘zlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 242
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 110
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 138
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 413
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 109
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 0
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 158
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 181
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 120
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 429
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 106
  • Bo‘limlar