“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:06
ЎЗO‘Z

Koronavirus insonga qaysi hayvondan o‘tgan: birinchi tashuvchi aniqlandi

16 apr, 13:39 5 362 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus insonga qaysi hayvondan o‘tgan: birinchi tashuvchi aniqlandi Foto: «Unsplash»
Yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2 ) ko‘rshapalaklardan odamga daydi itlar orqali o‘tgan — Ottava universiteti (Kanada) olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot tafsilotlari bilan «Molecular Biology and Evolution» jurnalida chiqqan maqola orqali batafsil tanishish mumkin.

Kanadalik olimlarning fikricha, ba’zida ko‘rshapalaklarni yeyishdan ham tap tortmaydigan daydi itlar virusning insonga yuqishida ko‘prik vazifasini bajarib bergan. Itlarning ichagiga tushgan bakteriyalar insonlarda immun javob mavjud bo‘lmagan va keyinchalik ularning o‘ziga ham o‘tgan virus evolyutsiyasiga turtki bergan bo‘lishi mumkin.

1252 ta to‘laqonli koronavirus genomi ustida olib borilgan tadqiqotlar shunday xulosa yasashga izn beradi, chunki bular orasida «koronaviruslar shohi» — SARS-CoV-2 ga qarindoshlik darajasi 96 foiz mos kelgan ko‘rshapalak koronavirusi — BatCoVRaTG13 ham bor.

«Sut emizuvchilarda organizmga infeksiya tushishiga qarshilik ko‘rsatuvchi ZAP oqsili mavjud. Ammo, CpG saytlari juda kam miqdorda bo‘lgan virus organizmga hujum qilganida, u ishdan chiqadi. SARS-CoV-2ning yaqin qarindoshlarida esa bu saytlar judayam oz miqdorda», — ta’kidlashmoqda olimlar.

Kanadaliklarni ayni shu «qarindoshlik an’analari» qiziqtirib qo‘ydi: itlarning ovqat hazm qilish tizimini ishdan chiqaruvchi koronaviruslardagi CpG darajasi SARS-CoV-2 (odam koronavirusi) va BatCoVRaTG13 (ko‘rshapalak koronavirusi)niki bilan bir xil.

Olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning aksariyatida ovqat hazm qilish muammosi paydo bo‘lishiga ham e’tibor qaratishni so‘rashmoqda, bu virusning oshqozon-ichak tizimi, ya’ni ovqat hazm qilish tizimiga hujum qilayotganini anglatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar