“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:54
ЎЗO‘Z

Virusli gepatit bilan kasallanganlarga dorilarni bepul ajratish taklif qilindi

13 apr, 16:43 3 716 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Virusli gepatit bilan kasallanganlarga dorilarni bepul ajratish taklif qilindi “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida virusli gepatit bilan kasallangan bemorlarga dori vositalarini bepul ajratilishi haqida petitsiya e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, mamlakat fuqarolarining virusli gepatit haqidagi ma’lumotlari juda ham kam, hatto, ayrim tibbiyot xodimlari ham virusli gepatitning davosi borligidan bexabar. Bu kasallik, asosan, yaxshi tozalanmagan tibbiy uskunalar orqali yuqadi. Qolaversa, boshqa turli yuqish yo‘llari, xususan, OITS infeksiyasi bilan bir xil holatlarda yuqadi.

“Lekin virusli gepatit inson tanasidan tashqarida ancha uzoqroq yashaydi va uni yuqtirib olganlar ko‘pi bilan 10-15 yil umr ko‘rar ekan. Hattoki, ko‘pchilik xastalar o‘zining virusli gepatitdan kasallanganligini ham bilmay jigar serrozi tashxisi bilan o‘lib ketmoqda. Vaholanki, bu kasallikni uch yoki olti oylik kurslar bilan to‘la davolashning imkoni bor.

Eng achinarlisi shundaki, virus yuqqanlar o‘zlari bilmagan holda bu kasallikni boshqalarga ham yuqtirib qo‘yishmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ushbu kasallik uchun dori vositalari budjet hisobidan bepul beriladi. O‘rtacha oylik bilan kun kechirayotgan fuqaro dori sotib olish u yoqda tursin, tibbiy qon tahlillarini amalga oshirishga xam qiynaladi. Chunki tahlillar juda qimmat turadi. Natijada esa kimningdir farzandi yoki ota-onasi hayotdan erta ko‘z yummoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda virusli gepatit bilan kasallangan fuqarolarga davlat hisobidan bepul dori vositalari yetkazib berilishi va qon tahlillari arzonlashtirilgan holda amalga oshirilishi taklif qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar