“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:41
ЎЗO‘Z

Vaqtincha ishsizlarga tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar ajratiladi

12 apr, 15:25 3 948 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vaqtincha ishsizlarga tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar ajratiladi Ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali subsidiyalar ajratiladi. Subsidiya beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKAda o‘tkazilgan brifingda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali tomorqadan foydalanish uchun subsidiyalar olish mumkinligi haqida ma’lum qildi.

«Buning uchun, dastlab, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan fuqaroning bandligi va tomorqa yer maydoni o‘rganib chiqiladi. So‘ng unga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, ko‘chat va urug‘lik yoki sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun «Tomorqa xizmati» MCHJ, Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egasi tomonidan 3 tomonlama shartnoma tuziladi», dedi Shahnoza Ravshanova.

Shahnoza Ravshanovaning ta’kidlashicha, mana shu asosda fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.

«Subsidiya bu – beg‘araz yordam va uni qaytarish talab etilmaydi. Bunday turdagi subsidiyalarni fuqarolar faqat issiqxona qurish uchun emas, balki urug‘lik, ko‘chat sotib olish uchun ham ishlatishi mumkin», dedi Shahnoza Ravshanova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, aprel oyining o‘zida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 20 ming shaxsiy tomorqa uchun 35,4 million so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, agar subsidiya olishda muammolar bo‘lsa, vazirlikning (+71) 200-06-00 raqamiga murojaat qilish so‘raladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar