“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:29
ЎЗO‘Z

COVID-19 qanday halok qiladi?

12 apr, 00:10 3 601 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
COVID-19 qanday halok qiladi? Foto: Getty Images
Mashhur The Nature nashri COVID-19’ni davolash jarayonida shifokorlarda yuzaga kelayotgan shubha va gumonlar haqida fikr bildirdi. Shifokorlar Naxarida COVID-19 virusiga chalingan bemorlarning immun tizimi ularning sog‘ayishiga to‘sqinlik qilayotgani haqida aytdi. Shu sababli bugun tibbiyot xodimlari va tibbiyot olimlari oldida inson immun tizimiga ziyon yetkazmagan holda koronavirusni qanday davolash mumkinligi vazifasi ko‘ndalang bo‘lmoqda.

Aynan qanday omil insonlarni koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumishiga olib keladi – immun tizimimi yoki virusning o‘zimi degan masala shifokorlarda virusga chalingan bemorlarni davolashda optimal muolaja usulini topishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Klinik ma’lumotlarga asoslaniladigan bo‘lsa, koronavirusga chalingan bemorlar zaiflashib, vafot etayotganlarida immun tizimining ham roli muhim ekanini ko‘rsatmoqda. Ammo hozirda virusga qarshi qo‘llanilayotgan ayrim malham dorilar inson immun tizimini zaiflashtiradi va bunday preparatlar organizmning virusga qarshi kurashishida xalaqit beradi degan fikr ham mavjud.

IGM BioSciences biotexnologik kompaniyasining direktori Daniel Chen fikricha, eng dahshatlisi virusga chalingan bemorlar infeksiyaga qarshi kurashayotgan o‘z immun tizimini zaiflashtirishga qo‘l urayotgani, deydi.

Malham ortidan quvib
Bugun ko‘p mamlakatlarda koronavirus asosiy muammoga aylanib, shifoxonalar virusga chalingan bemorlar bilan to‘lib toshgan bir vaziyatda shifokorlar oxirigacha o‘rganilmagan dori vositalaridan foydalanib, o‘z bemorlari sog‘lig‘i uchun kurashmoqda. Hattoki bemor hayotini saqlab qolish uchun natijasi tekshirilmagan dori vositalaridan ham foydalanishmoqda.

Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti klinikasi anesteziologi Kennet Beyli nazarida, shifokorlar o‘z ko‘z oldida hayoti so‘nib borayotgan bemorni qutqarish uchun natijasi bo‘lishi kerak bo‘lgan har qanday dori vositasidan foydalanishga urinmoqda.

Xitoyda virus bilan kasallanganlarda o‘pkaning ishdan chiqishigina emas, aksincha, inson immun tizimining virusga qarshi haddan ortiq qarshilik ko‘rsatishi ham o‘lim holati qayd etilayotganini ko‘rsatmoqda. COVID-19 bilan og‘ir formada kasallangan bemorlarning qon tarkibida sitokin oqsillarining katta miqdori topildi va aynan shu oqsillar bemor immun tizimini virusga qarshi kuchli reaksiyani hosil qilgani tekshiruvlarda aniqlandi.

Foto: Getty Images
Ular orasida interleykin-6 oqsili immun tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan makrofaglarni ham virusga qarshi turishda qo‘zg‘atgan. Makrofaglar shamollashni kuchaytiribgina qolmasdan, o‘pkaning sog‘lom hujayralarini ham zararlashi mumkin. Sitokinlar xuruji esa OITS infeksiyasi davrida ham kuzatiladigan jarayon.

Mukammal malham shunday bo‘lishi kerakki, u interleykin-6 faolligiga to‘sqinlik qilishi va o‘pkaga makrofaglar o‘tkazishini oldini olishi lozim. Bunday preparatlar Il-6 nomi bilan revmatoid artrit va boshqa kasalliklarni muolaja qilishda qo‘llanilib kelinmoqda. Uxanda ham mazkur preparat koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni muolaja qilishda foydalanildi.

Immunitet muammolari
AQSHning Merilend shtati Bedeste onkologik kasalliklarni davolash instituti immunonkologi Jeyms Galli nazarida Il-6 ingibitorlari nihoyatda kamligi bois dunyo shifokorlari immun tizimini zaiflashtiradigan steroidlardan keng foydalanmoqda. Il-6 ingibitorlari bemor organizmida COVID-19’ga qarshi kurashda qo‘l kelmoqda. Ammo ayrim steroidlar va preparatlar organizmni virusga qarshi kurashishida holsizlantirishi ham bor gap. Sababi ular makrofaglarnigina zaiflashtiribgina qolmay, muhim bo‘lgan virus «antikilleri» bo‘lgan CD-4 T, CD-8 T hujayralarini ham ishdan chiqarmoqda.

Oksford universiteti tadqiqotchisi Piter Xorbi steroidlardan kam dozalarda koronavirusni davolashda ishlatilishi hali ma’lum natijalarni bergani yo‘qligini bildirsa-da, mazkur preparat koronavirusni muolaja qilishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nufuzli vakillari tomonidan tavsiya etilayotganini ham ta’kidlaydi.

Steroidlardan koronavirusga chalingan bemorlarni muolaja qilishda keng foydalanilayotgan ekan, natijalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum bir samara berishi mumkin. Asosiysi, klinik tadqiqotlar va kuzatishlar olib borilmoqda.

Jahongir Ergashev tayyorladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 5
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar