“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:20
ЎЗO‘Z

DXX qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” moddalarini musodara qildi

11 apr, 17:33 3 232 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” moddalarini musodara qildi DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1979 y.t. Asrayev J.U. to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida 975 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda esa sotish uchun mo‘ljallangan 2 kg 569 gr. “gashish” hamda 1 kg 997 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Aniqlanishicha, ushbu zahri qotilni 1988 y.t. Tojiboyev L.M. Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali Asrayevga yetkazib bergan. Tadbir davomida Tojiboyev ham ushlandi.

Navbatdagi tezkor tadbir Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazildi. Mazkur tumanning 9-mavzesida harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina tekshirilganda, mazkur mashina ichida bo‘lgan fuqarolar 1972 y.t. Otaxonov J.R. va 1970 y.t. Mirzayev A.M.larga tegishli bo‘lgan polietilen paket ichidan 1 kg 968 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi topildi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda esa Marg‘ilon shahrida yashovchi 1980 y.t. Axmadaliyev Sh.T. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Quva tumani hududida to‘xtatilib tekshirilganda, mashinaning oldi o‘rindig‘i tagidan 944 gr. “gashish” moddasi topildi va ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1979 y.t. Mirzayev M.O. Samarqand viloyati Tayloq tumani “Madaniyat” mahallasi xududida qariyb 100 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 17 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Mirzayev ushbu “opiy” moddasini 1975 y.t. Toshpo‘latova J.K.dan olganligi ma’lum bo‘ldi va Toshpo‘latovaning uyi ko‘zdan kechirilganda xonadon yerto‘lasida 200 grammdan ko‘proq “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtrib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 2 kg 300 gr. “opiy” va 6 kg 456 gr. “gashish” giyohvand moddalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 0
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar