“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:18
ЎЗO‘Z

Shifokor koronavirus yoshlar uchun qay jihatdan xatarli ekanini tushuntirdi

11 apr, 15:43 2 751 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifokor koronavirus yoshlar uchun qay jihatdan xatarli ekanini tushuntirdi Foto: “Getty Images”
Koronavirus ilk tarqala boshlagan kezlarda u asosan keksalar uchun xatarli ekani aytilgan edi. Ammo infeksiya tobora «yosharib» borayotir.
Dunyoning turli mamlakatlarida SOVID-19ga qarshi kurash doirasida cheklov choralari joriy etilgani ma’lum.

Ammo aksar mamlakatlarda yoshlar koronavirus keksalarga xavf soluvchi xastalik degan yanglish tasavvurda karantin choralariga bepisand munosabatda bo‘lgani ham rost.
Ammo infeksiya sabab vafot etayotganlar orasida yoshlar soni oshib bormoqda. SOVID-19 nafaqat navjuvon o‘smirlar, hatto chaqaloqlarni ham ayab o‘tirmayapti.

Yoshlarning koronavirus xatarini jiddiy qabul qilmagani bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreisus navqiron avlodga qarata «Siz o‘zingizni daxlsiz deb o‘ylamang!» deya xitob qilishga majbur bo‘ldi.

«Bu virus sizni bir necha hafta ko‘rpa-to‘shak qilib yotishga majburlashi, hatto hayotingizga nuqta qo‘yishi mumkin. 50 yoshgacha bo‘lgan bemorlar orasida shifoxonada davolanishi lozim bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi», deya ogohlantirda JSST yetakchisi.

COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolab kelayotgan shifokor Amir Xon u yoshlar uchun qay jihatdan xavfli ekanini tushuntirib berdi.

Nazariy jihatdan yoshlarning kasallikka qarshi kurash qobiliyati – immun tizimi kuchli bo‘ladi. Deylik, tanaga virus kirganda, immun tizimi begona jismni zudlik bilan mahv etishga kirishadi. Doktor Amir Xonga ko‘ra, o‘smir tanasiga koronavirus tushgan paytda uning immun tizimida g‘alati holat kuzatilmoqda. Immun tizimi oshig‘ich ravishda virusga qarshi kurashish o‘rniga kutilmaganda kompyuter kabi qayta yuklanmoqda (perezagruzka). Bu esa bemor o‘limiga olib kelmoqda.

Yosh bemorlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Tanaga virus tushgan paytda sitokin deb ataluvchi immunitet hujayralari faol harakatga tushib, infeksiyaga qarshi hujum o‘tadi. Ushbu javob reaksiyasi «sitokin bo‘roni» deb ataladi. Ammo immunitet hujayralari «hujum»ni vaqtida to‘xtata olmay qoladi. Haddan ziyod reaksiya oqibatida o‘pka to‘qimalari shikastlanadi, nafas yo‘llari funksiyasi buziladi. Pirovardida esa bu hol o‘limga sabab bo‘ladi.

Ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida tadqiqotchlar immunitet hujayralarining haddan ziyod reaksiyasi oldini olish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus yuqtirgan yurtdoshlarimiz orasida ham yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 185
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 375
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar