“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:41
ЎЗO‘Z

«Koronavirusga chalingan prokuratura xodimi bilan muloqotda bo‘lgan shifokor» haqida audio tarqatgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

10 apr, 16:04 3 863 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Koronavirusga chalingan prokuratura xodimi bilan muloqotda bo‘lgan shifokor» haqida audio tarqatgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video) Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirus kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotganligi sababli tegishli chora ko‘rish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqalgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaro A.J. karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni internet tarmog‘i orqali tarqatish maqsadida, 2020 yil 7 aprel kuni Jizzax viloyati bo‘yicha tuzilgan koronavirus shtabiga qo‘ng‘iroq qilib, shtab navbatchisiga koronavirus kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatgan «Doktor A» xususiy shifoxonasi shifokori xaligacha o‘z shifoxonasida bemorlarni qabul qilayotganligi sababli tegishli chora ko‘rish kerakligini bildirgan.

So‘ng, u viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga ko‘ng‘iroq qilib, javob bergan navbatchilarga «Doktor A» xususiy shifoxonasi shifokorini tekshirib ko‘rishligini aks holda ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborishini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 09.04.2020 yilda fuqaro J.A.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar