“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:36
ЎЗO‘Z

«Bizning oramizda ham koronavirusga chalinganlar bo‘lishi mumkin» — Nurmat Otabekov

08 apr, 15:35 3 194 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bizning oramizda ham koronavirusga chalinganlar bo‘lishi mumkin» — Nurmat Otabekov Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni paytda koronavirus aniqlanayotgan bemorlar asosan karantinga olinganlar orasidan chiqayotgani va bu yaxshi holat ekanini ma’lum qildi.

«Bizda birinchi bemor 15 mart kuni aniqlangan bo‘lsa, hozirgacha kasallangan shaxslarning ham kimlar bilan muloqot qilganini, qayerlarga borganini aniqlayapmiz.

Bitta infeksiya yuqtirgan odamning o‘zi 3-4 odam orqali ham kasallik tarqatishi mumkin. Bu xuddi zanjirga o‘xshaydi. Shuning uchun biz hozir ham oramizda koronavirusdan kasallanganlar bo‘lishi mumkinligini rad etmaymiz.

Va shu sababli biz har doim fuqarolardan kasallikning biror simptomi kuzatilayotganda yoki epidemik noxush hududdan kelgan fuqaro yoki kasallik aniqlangan biror kishi bilan muloqot qilinganda, bu haqda tibbiyot xodimlariga xabar berishni so‘ramoqdamiz
», deydi Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

U hozirda eng asosiy vazifa virus aholi orasida keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni erta aniqlashdan iborat bo‘lib turgani, shuning uchun ham kasallik yuqtirish ehtimoli bor barcha odamlar karantinga olinayotganini qayd etib o‘tgan.

«Kasallik karantinga olinganlar orasida aniqlanmoqda. Bu omadli holat va tashkil qilingan tizim yaxshi ishlayotganidan darak beradi», deya qo‘shimcha qildi Nurmat Otabekov.

Bosh sanitariya inspektori ob-havo sovib ketishining koronavirus tarqalishiga ta’siri haqidagi savolga ham javob berdi.
«Haqiqatan ham havo sovuq bo‘lsa, ayniqsa -2 darajadan +10 darajagacha havo haroratida koronavirus qo‘zg‘atuvchisi ancha muddat yashay oladi. Uning tashqi muhitda bo‘lish vaqti uzayadi. Lekin agar biz uyimizda qolsak, ko‘chaga chiqmasak, muloqotlarga yo‘l qo‘ymasak, muloqot bo‘lganida ham masofani saqlaydigan bo‘lsak, respublikamizdagi epidemologik vaziyatga hozirgi kundagi ob-havo ta’sir qilmasligi mumkin», deydi u.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 88 695 kishi karantin sharoitida saqlanayotgani xabar qilingandi, ulardan 67 mingdan ortig‘i uy sharoitida karantin kuzatuvida, 21 mingdan ortiq kishi mamlakatning turli nuqtalaridagi maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda bo‘lib turibdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar