“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:14
ЎЗO‘Z

Buxoroda YPX xodimi shifokorning hujjatlari nusxasini yirtib tashladi. Shu to‘g‘rimi?

08 apr, 14:39 4 700 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda YPX xodimi shifokorning hujjatlari nusxasini yirtib tashladi. Shu to‘g‘rimi? Bugun AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Chirchiq shahrida yashaymiz. Kecha o‘g‘lim avtomashinada non va farmatsevtika vositalari sotib olish uchun ko‘chaga chiqqandi. Uni DAN xodimi to‘xtatib, karantin qoidalarini buzganlikda aybladi va avtomashinani jarima maydoniga joylashtirdi. Shu holat qonunan to‘g‘rimi?

Javob: Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, maxsus ruxsatnoma viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanish uchun talab etiladi. Qaror qishloqlarga, tuman markazlariga TAALLUQLI EMAS. Bu masalada yashash joyingizdagi IIB yoki prokuratura organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Savol: Men Buxorodagi tuman tibbiyot birlashmasida vrach bo‘lib ishlayman. Bugun menga DAN xodimlari shaxsiy mashinamdan foydalanmay ishga borishimni aytishdi. Ish joyimdan ma’lumotnoma bilan mehnat daftarchasi kopiyasini ko‘rsatsam, yirtib tashlashdi. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Bu NOTO‘G‘RI. Birinchidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnomalar TALAB ETILMASLIGI aniq belgilab berilgan.

Asos — Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar Ro‘yxatining 1-bandi.

Ikkinchidan, vaqtinchalik tartib viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanishni cheklaydi. Tuman yoki qishloqqa taalluqli emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar