“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:14
ЎЗO‘Z

Karantinda «eplab ko‘chada yurgan» Instagram «yulduzchalari»15 sutkaga qamaldi

07 apr, 18:00 4 186 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantinda «eplab ko‘chada yurgan» Instagram «yulduzchalari»15 sutkaga qamaldi Foto: Videodan kadr
So‘nggi kunlarda internet tarmog‘ida karantin talablarini buzayotganlarini namoyish qilishgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilgan videolavhalar mualliflari Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlandi.

Yunusobod tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi Instagram «qahramonlari»ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish bayonnomalari va dalillarni o‘rganib chiqib, ularni karantin qoidalarini buzgan hamda mayda bezorilik sodir etgan, deb topdi. Endilikda, salkam 700 ming obunachiga ega bo‘lgan «qahramonlar» 15 sutkani panjara ortida o‘tkazadigan bo‘lishdi.

Bundan tashqari, karantin talablarini qo‘pol ravishda buzishni «eplab ko‘chada yurish» deya baholaganlar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima ham to‘lashi belgilandi.

Videotasvirlarni olib internet ijtimoiy tarmog‘iga tarqatgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu video tasvirlardagi shaxslar – 1998 yil tug‘ilgan Majidova K., 1990 yil tug‘ilgan, muqaddam JIB Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan O‘zR JKning 166-moddasi 2-qismi, 127-moddasi 2-qismi bilan sudlangan Roziqov O., 1993 yil tug‘ilgan Hamidov U. ekanliklari aniqlangan.

Ular tomonidan internet tarmog‘iga joylangan videolarda Amir Temur xiyobonida yurganliklari, karantin qachon tugashini Amir Temur haykalidan so‘rashgani, bu vaqt mobaynida niqobsiz bo‘lganliklari aks etgan.

Yunusobod tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi sud’yasi Sanjar Qo‘chqorov mazkur ishni ko‘rib chiqib, yoshlarning qilmishini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi, ya’ni «mayda bezorilik» deya tavsifladi hamda ularning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar