“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:10
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida 4ta tumanda virusdan zararlanish holatlari aniqlangan

06 apr, 22:33 6 112 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida 4ta tumanda virusdan zararlanish holatlari aniqlangan Kronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabi viloyat hududidagi vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi.
«6 aprel kuni soat 19:00 holatiga Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 18 nafar bemor bor. Ular ayni paytda Toshkent shahrida joylashgan Respublika virusologiya imiy tekshirish instituti va Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikalarida muolaja olishmoqda.

Shuningdek, bu bemorlar bilan birlamchi kontaktga kirishgan 400dan ortiq fuqaro Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Qibray tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Zangiota tumanidai yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek, ayrimlari uy sharoitida karantinga olingan.

Karantinga olingan fuqarolarga malakali vrach va hamshiralar biriktirilgan. Shifoxonalar va xonadonlar milliy gvardiya hamda ichki ishlar organi xodimlari tomonidan 24 soat qo‘riqlanmoqda. Uy sharoitida karantinga olingan fuqarolarga zarur oziq-ovqat va boshqa tibbiy-gigiyenik vositalar muntazam yetkazib berilmoqda
», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan keltirilgan xabarda.

Viloyat hokimligi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yashash joylari bo‘yicha ma’lumotlarni ham keltirib o‘tgan.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning to‘rt tumanida - Qibray, Zangiota, O‘rta Chirchiq va Toshkent tumanlarida koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilgan:

O‘rta Chirchiq tumani, Paxtaobod qishlog‘i
O‘rta Chirchiq tumani, «Ravotak» MFY
O‘rta Chirchiq tumani, «O‘rta ovul» MFY
O‘rta Chirchiq tumani, «G‘uzor» MFY
Zangiota tumani, «Taraqqiyot» MFY
Zangiota tumani, «Turkiston» MFY, (2 nafar)
Qibray tumani, Do‘rmon ko‘chasi
Qibray tumani, Hikmat ko‘chasi
Qibray tumani, «Yuqori yuz» MFY
Qibray tumani, «Zafarobod» MFY
Qibray tumani Solar GES, Ziyokorlar ko‘chasi
Toshkent tumani, «Sabzavot» MFY
Toshkent tumani, «G‘ishtko‘prik» MFY
Toshkent tumani, «Zarbdor» MFY (2 nafar)
Toshkent tumani, «Ko‘ksaroy» MFY (2 nafar)

«Mazkur hududlar va unga yondosh joylarda yashovchi fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, kasallik belgilari sezilsa, isitma ko‘tarilsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

O‘zingiz bilmagan holda virus tashuvchisiga aylanib qolishdan saqlaning! O‘zaro muloqotga kirishganda ijtimoiy masofa saqlang!
», deyiladi Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar