“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:07
ЎЗO‘Z

Shodmonov: «Kasalligini bila turib, vaqtida murojaat qilmasdan 50dan ortiq kishiga virus yuqtirganlar bor»

06 apr, 14:46 2 908 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shodmonov: «Kasalligini bila turib, vaqtida murojaat qilmasdan 50dan ortiq kishiga virus yuqtirganlar bor» Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «O‘zbekiston 24» kanaliga bergan intervyusida o‘zining koronavirus bilan zararlanganini bila turib vaqtida murojaat qilmagan shaxslar boshqalarga qaraganda ko‘proq odamga virus yuqtirganini ma’lum qildi.

«Hozirgacha aniqlangan bemorlar orasidan talab va tavsiyalarga amal qilmayotganlari juda ko‘p.
Masalan, 15 mart kuni koronavirus aniqlangan bemor butun oilasiga va ish joyidagi jami 15 nafar kishiga virus yuqtirgan.

27 mart kuni Andijon viloyatida koronavirus aniqlangan bir bemor ham oilasiga yuqtirgan. Bemorning zararlangan otasi esa 36 hamkasbiga virus yuqtirgan. Bundan tashqari, uning hamkasblari ham yaqinlariga yuqtirgan. Va birgina bemor orqali 40dan ortiq kishiga kasallik yuqqan
», deya qayd etdi Alisher Shodmonov.

Vazirning ta’kidlashicha, buning sababi kasallik belgilarini o‘zida sezgan ilk bemor tibbiyot xodimlariga murojaat qilmasdan vaqtni o‘tkazib yuborgan.

Ma’lumot berilishicha, Toshkent viloyatidagi bir bemor ham 26 martda kasallik alomatlarini sezgandan keyin ham 5 kun davomida hech kimga murojaat qilmagan. Ahvoli og‘irlashgandan keyingina tibbiyot xodimlarini 30 mart kuni chaqirgan va shuning uchun ham bugungi kunda bu bemorning ahvoli ancha og‘ir, pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda.

«Toshkent viloyatida yana bir fuqaro koronavirus belgilarini o‘zida sezgandan so‘ng 4ta tashkilotga borgan. Hozir biz mana shu 4ta tashkilotni yopishga majbur bo‘ldik. Va shu bir kishi tufayli 52 kishi kasallik yuqtirgan.

3ta tashkilotda ishlaydigan bemorlardan yana biri esa o‘zida kasallikni sezib turib ishlashda davom etgan va 46 nafar kishiga virus yuqtirgan. Aslida, bu kabi holatlar jinoyat
», dedi Alisher Shodmonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar