“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:38
ЎЗO‘Z

Bugun — Davlat xavfsizlik xizmati kuni

05 apr, 14:53 2 466 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun — Davlat xavfsizlik xizmati kuni Tarixdan ma’lumki har bir davlatning xavfsizligini ta’minlashda maxsus xizmatlarning o‘rni va roli hamisha beqiyos bo‘lgan.
Xususan, davlat sarhadlarini qo‘riqlashdan tortib, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligini ta’minlash yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish har zamon va har makonda maxsus xizmatlarning ustivor vazifasi hisoblangan.

Bugun dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda O‘zbekiston Respublikasini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishda, xalqaro munosabatlarda uning milliy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda Davlat xavfsizlik xizmatining munosib hissasi bor.

Xususan, 2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9 ta terrorchilik harakatining oldi olindi. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 7 tasi hamdo‘stlik mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, 625 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi. 500 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Davlatimiz sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan qariyb 97,7 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan “Mehr 1” va “Mehr 2” gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Sharq davlatlarida og‘ir sharoitda qolayotgan 220 nafar ayollar va bolalarni mamlakatimizga olib kelishda DXX xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, yot g‘oyalar ta’sirida Afg‘onistonda qiyin holatga tushib qolgan o‘nlab vatandoshlarimiz ham o‘z yaqinlari bag‘riga qaytarildi.
Ishonch bilan aytamizki, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining oliy maqsadi jonajon O‘zbekistonimizning gullab-yashnashi va xalqimizning tinch-totuv, farovon hayot kechirishini ta’minlashdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar